Serra-Leonening Oʻzbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan oʻtdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Serra-Leonening mamlakatimizdagi birinchi elchisi Muhammad Yongavoni qabul qildi.
“Serra-Leone Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Yongavo janoblarini qutlashdan va uning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Ikki tomonlama aloqalarimizni boyitish uchun hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud. Janob Elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni oʻrganishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Serra-Leone oʻrtasida 2023-yil 28-aprelda diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan edi. Nyu-York shahrida Oʻzbekiston va Serra-Leonening BMTdagi doimiy vakillari tomonidan Qoʻshma kommyunike imzolandi. Serra-Leone Respublikasi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 143-davlat boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring