Sergeli tumanida yana yongʻin sodir boʻldi

09:44 19 May 2025 Jamiyat
189 0

Toshkent shahri Sergeli tumani hududida joylashgan ochiq maydonda yongʻin yuz berdi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 18-may kuni soat 16:58 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, Xonobodtepa koʻchasida joylashgan 35-uy orqasida quruq oʻt yonayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Mazkur murojaatga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 17:05 da voqea joyiga yetib borgan. Yongʻin 18:49 da toʻliq bartaraf etilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hududdagi ochiq maydonda quruq oʻt va qamish yonib ketgan. Yongʻin oqibatida yaqin atrofdagi xonadonlarga zarar yetganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.

Shuningdek, mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar aniqlanmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, 14-may kuni ham poytaxtning Sergeli tumanida yirik yongʻin yuz bergan edi. Unda tumandagi Nilufar koʻchasida joylashgan omborxona yonib ketgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер