Sergeli tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona aniqlandi

11:04 15 Sentyabr 2021 Jamiyat
258 0



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Sergeli tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “F.F.» xususiy korxonasi rahbari J.R. fuqaro B.ga 1 dona «Tropikamid» va 2 dona «Zardeks» nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini jami 145 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, korxonaga qarashli dorixonadan tegishli hujjatlari boʻlmagan 378 dona «Zardeks», 165 dona «Regapen», 21 dona «Selofen», 20 dona «Tropikamid» va 11 dona “Galara Pregabalin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?