Separatizm gʻoyalarini tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

09:29 04 Iyul 2022 Jamiyat
484 0

Qonunchilikka koʻra, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, qirgʻin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga daʼvat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

➖ BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha (60 mln soʻmdan 120 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;

➖ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

➖ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

➖ 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Ushbu harakatlar oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan, shuningdek OAVdan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internetdan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?