Sentyabr oyining soʻnggi kunlari Oʻzbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

01:15 27 Sentyabr 2021 Jamiyat
643 0

Arxiv surat

Oʻzgidromet 27-30-sentyabr kunlari mamlakatimizda qanday ob-havo kutilayotgani haqida maʼlumot berdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29 sentyabrda kechasi 7-12°, 30 sentyabrda 5-10°, kunduzi 27 sentyabrda 18-23°, 28-29 sentyabrda 20-25°, 30 sentyabrda 15-20° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 sentyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 27-29 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 30 sentyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 sentyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 30 sentyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 sentyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29 sentyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°, 30 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 27 sentyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27 sentyabrda 12-17°, 28-30 sentyabrda 10-15°, kunduzi 27-29 sentyabrda 23-28°, 30 sentyabrda 20-25° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, 27 sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining togʻli hududlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 28-30 sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 sentyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 15-20°, 30 sentyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?