“Sening tashabbusing — sening kelajaging uchun” Respublika forumi ishtirokchilari senatorlar bilan uchrashdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati
2023-yilning 11 oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Qizlar — millat tayanchi” shiori ostida “Sening tashabbusing — sening kelajaging uchun” nomli respublika forumi boʻlib oʻtdi. Anjumanda yurtimizning barcha hududlaridan 200 ga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi.
Kuni kecha forum doirasida xotin-qizlar Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurishdi. Yoshlar qonun ijodkorligi, Senat va uning aʼzolari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sogʻligʻini saqlash, kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida tizimli islohotlar olib borilayotganligi taʼkidlandi.
Tadbirda qayd etilganidek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11 oktyabr Xalqaro qizlar kuni sifatida keng miqyosda nishonlab kelinmoqda. Bu sana butun dunyoda qizlarning yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bogʻliq holatlarni oʻrganish va tahlil etish imkonini ham beradi.
Shuningdek, Forumning maqsadi – “Qizlarjon” klublari faoliyatini tizimli tashkil etish, qizlarni ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanishga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot natijalarini hayotga tatbiq etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtidorli qizlarning ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarlarga oʻqitish, ularning bandligini taʼminlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.
Uchrashuvda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya ahamiyati haqida soʻz yuritildi. Mazkur hujjatlar bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini taʼminlash, iqtisodiyotimiz rivoji va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning asosiy kafolati ekanligi taʼkidlandi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarimizning taʼlim olishi, ularni har tomonlama yetuk insonlar, jamiyat tarbiyachilari boʻlib ulgʻayishlari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilganligi yuzasidan fikrlar bildirildi.
Shu bilan birga, xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Xususan, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tenglikni taʼminlash, ogʻir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarning bandligini taʼminlash orqali ularni himoya qilish, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan samarali muhofazalash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Uchrashuv koʻtarinki ruhda oʻtib, talaba yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring