Senator: yoshlarga nodir asarni oʻqishni tavsiya qilaman

Kitob – tuganmas xazina, undan olgan bilimlarni umrning oxirigacha ham sarflay olmaymiz. Insonning undan yaqin hamrohi, doʻsti, maslahatchisi yoʻq. Negaki, u aqlni peshlovchi qayroqdir.
Shaxsiy kutubxonamdan oʻzbek nasrining yirik namoyondalaridan biri Pirimqul Qodirov asarlarini sevib mutolaa qilaman.
Pirimqul Qodirovning 1979-yilda nashrdan chiqqan “Yulduzli tunlar” romanini birinchi marta 1980-yillarda talabalik yillarimda oʻqiganman. Oʻshanda ushbu kitob yoshlar orasida qoʻlma-qoʻl oʻtib, baʼzan navbat kutilar edi. 1999-yilda bu kitobning ikkinchi qismi boʻlmish “Yulduzli tunlar. Bobur” kitobi nashrdan chiqqan boʻlib, uni el qatori men ham katta qiziqish bilan oʻqigandim. Mana, oradan yillar oʻtib, shu kitob yana meni oʻziga jalb etdi. Unda shoir va davlat arbobi Bobur Mirzoning murakkab hayot yoʻli mohirona aks ettirilgan. Bobur Mirzo Amir Temur asos solgan Temuriylar sulolasini halokatdan qutqarib, asrdan-asrga, mamlakatdan-mamlakatga olib oʻtganligi, bu ulugʻ sulola Hind zaminida yana uch yuz yildan ortiqroq davr surganligi hayrat va iftixor tuygʻularini uygʻotishi shubhasiz.
Bundan tashqari, Bobur Mirzo yosh hukmdor boʻlishiga qaramasdan juda koʻp jangu jadallarni boshidan kechirishi, oxiri Shayboniylar sulolasining gʻolib kelishi va uning Hindistonga yurishlari, u yerda Boburiylar davlatiga asos solishi haqidagi voqealar badiiy va tarixiy obrazlar orqali ochib berilgan. Musofir yurtda Boburning shoh boʻlsa ham doimo Vatan sogʻinchi, Vatan tuygʻusi bilan yashashi kishida vatanparvarlik tuygʻularining yana-da joʻsh urishiga turtki boʻladi.
Shoir va davlat arbobi Bobur Mirzoning quyidagi misralari doimo yodimda qoladi:
Toleʼ yoʻqi jonimga baloligʻ boʻldi.
Har ishniki boshladim xatoligʻ boʻldi,
Oʻz yerni qoʻyib Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi!
Kitobni oʻqib tugatar ekanman, ana shunday mard, oqil, qalbi ilmga oshufta, ajdodlariga sadoqatli, avlodlarini goʻzal xulqli qilib tarbiyalagan buyuk insonning avlodi ekanligimdan yana bir karra faxrlanaman.
Yoshlarga, albatta, ushbu nodir asarni oʻqishni tavsiya qilaman.
Abira HUSEYNOVA,
Oliy Majlis Senati aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring