Senator Yangihayot tumani mahallalarida xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan ishlarni oʻrgandi

19:42 04 Fevral 2026 Siyosat
369 0

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxanov Yangihayot tumanida oʻrganish ishlarini olib bordi.

Oʻrganish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan tanqidiy videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Xususan, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash hamda aholi muammolarini manzilli hal etish borasida profilaktika inspektorlari va “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi koʻrib chiqildi.

Shuningdek, senator Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, Yangihayot tumani hokimi hamda masʼul rahbarlar hamrohligida “Xushnud” va “Yangi Darxon” mahallalarida boʻlib, ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlarni oʻrgandi. Jarayonda mahallalardagi profilaktika inspektorlarining hisobotlari eshitildi.

Tashrif yakunida masʼullarga muammolarni mahallaning oʻzida hal etish, mahalla institutining rolini kuchaytirish, aholi xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ishlarni yangi va samarali bosqichga olib chiqish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish hamda mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер