Senator toʻqimachilik sanoatidagi tadbirkorlarga qiyinchilik tugʻdirgan Vazirlar Mahkamasining qarorini oʻrganish masalasini koʻtardi

13:33 28 May 2021 Siyosat
295 0

Yalpi majlis davomida senatorlar toʻqimachilik sanoatida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar faoliyatida qiyinchiliklar tugʻdirgan Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim boʻlgan muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi masalasini koʻtardilar.

Qarorda keltirilgan roʻyxatlar va vazifalar ijrosi boʻyicha mexanizm lozim darajada tayyorlanmaganligi va ishlab chiqilmaganligi tufayli import va eksport jarayoni, umuman olganda, tadbirkorlar va eksportchilar faoliyati murakkablashmoqda. Qoʻshimcha korrupsiya xatarlari kelib chiqmoqda.

Bu masala boʻyicha senator A. Dobrix soʻzga chiqib, ushbu masalani oʻrganish va uning yechimini topishga eʼtibor qaratdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?