Senator tashabbusi bilan Sariosiyo tumanidagi ehtiyojmand oilalar “temir daftar”dan chiqarildi

14:31 01 Iyul 2021 Jamiyat
348 0

Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan mahalla, jamiyatimizning asosiy quyi boʻgʻini sifatida qaralib, uning jamiyat boshqaruvidagi oʻrni va rolini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “mahallabay” asosda belgilab berilgan ishlarni amalga oshirish, barcha qishloq va mahallalarimizni jadal rivojlantirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi, Senator Abdugʻani Sanginov tomonidan Sariosiyo va Uzun tumanlarida “Temir daftar, «Ayollar daftari”, “Yoshlar daftar”iga kiritilgan ehtiyojmand aholining sharoitlarini yaxshilash borasida amaliy ishlar qilinmoqda.

Sariosiyo tumanidagi “Xumoyun” mahalla fuqarolar yigʻinida “Temir daftar, «Ayollar daftari”, “Yoshlar daftar”iga kiritilgan oilalarni daftardan chiqarish hamda aholi bilan ochiq muloqot qilish maqsadida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda, Surxondaryo viloyat hokimi Toʻra Bobolov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzosi, Senator Abdugʻani Sanginov, tuman hokimligi mutasaddi vakillari ishtirok etishdi.

Sariosiyo tumanining janubiy-sharqiy qismida joylashgan “Xumoyun” mahalla fuqarolar yigʻini shahar markazidan qariyb 30-35 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shahar markaziga bogʻlovchi yoʻl koʻp yillardan beri taʼmirtalab, aholining shaharga borishi uchun qiyinchilik tugʻdirar edi. Senator tashabbusi bilan mahallaga olib boruvchi yoʻl toʻliq taʼmirlab berildi. Olis togʻ qishlogʻiga olib boruvchi yoʻlning qariyb 16 km asfalt, 3,8 km esa, beton qoplama yotqizildi.

Shu oʻrinda “Xumoyun” (Xufar) mahalla fuqarolar yigʻinida 447 ta oilada 4 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahallada “Temir daftar”dagi oilalarga moddiy jihatdan yordam berildi. Bundan tashqari mahallada 4 nafar imkoniyati cheklangan insonlarga nogironlik aravachasi topshirildi. Kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir guruh xonadonlarga qoramol va parranda berildi. “Ayollar daftari” da turgan 9 nafar xotin-qizlar uchun tikuv mashinasi taqdim etildi.

Shu maqsadda, bugun biz mahallada yuqorida qayd etilgan kam taʼminlangan va nogironligi boʻlgan fuqarolarga amaliy yordam berilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftar”idan chiqarildi.

«Tumanimizda “Temir daftar” , “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftar”idan chiqarish boʻyicha samarali ishlar olib borilmoqda. Muhtaram prezidentimiz tomonidan “Mahalla obod boʻlsa – yurt obod boʻladi. Mahallada oʻzgarish boʻlsa – butun jamiyat oʻzgaradi” deya bildirgan fikrlari mahallalarda tub oʻzgarishlarni boshlab berdi. Mahallabay, fuqarobay boʻyicha uyma-uy yurib, ishlar olib borilmoqda. Xususan, Senator Abdugʻani Sanginov say-harakatlari bilan bugun “Humoyun” MFYda “Temir daftar” , “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftar”ida turuvchi ehtiyojmand aholini mazkur daftardan chiqarildi deydi - Xalq deputatlari viloyat va tuman kengashi deputati Oripov Shamsiddin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?