Senator Qoraqalpogʻistondagi mahallabay tizimida amalga oshirilgan ishlarni oʻrgandi

20:52 28 May 2021 Jamiyat
360 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari T.Madumarovning boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli, Boʻzatov, Taxtakoʻpir, Ellikqalʼa tumanlariga borib, xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar bilan mahallabay ishlash borasida sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan hamda fuqarolar murojaatlarida keltirilgan masalalarni oʻrganishlar oʻtkazdi.

Xususan, oʻrganish doirasida Boʻzatov tumanida ishchi guruh tuman hokimligi mutasaddilari hamda tegishli soha vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Shuningdek, tuman markazidagi “Boz-tex” tekstil korxonasida boʻlib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

U yerdagi ishchi-xodimlar bilan muloqot qilib, davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Bundan tashqari, “Yoshlar markazi”da boʻlib, bu yerda yaratilgan imkoniyatlar, toʻgaraklar faoliyati, oʻrganildi.

Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari birinchi sektorga qarashli “Boʻzatov” shahar fuqarolar yigʻinidagi “Hunarmandlar alleyasi”da faoliyat yuritayotgan hunarmandlarning ish jarayoni bilan tanishib, ularga yaratilgan imtiyozlar haqida maʼlumotlar, hududda hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha takliflar berildi.

Oʻrganishlar davomida “Boʻzatov”SHFY va «Qusqanatov» OFY hududida istiqomat qilayotgan, “Ayollar daftari”da roʻyxatga olingan 4 nafar xotin-qizlargamini-tikuv mashinalari topshirildi.

Ishchi guruh aʼzolari Taxtakoʻpir tumaniga borib, “Oʻzbekiston” OFYda istiqomat qilayotgan U.Temirbekovning 34 gektar tomorqa yerida yaratilgan bogʻda 2 ming tub oq terak, uzum va boshqa mevali daraxtlar ekilganligi guvohi boʻlib, ushbu fuqaroning ish tajribasini oʻrgandi.

«Qaraoy» OFYda ham ishlar jadal amalga oshirilmoqda. Mahalladagi ayollarni bandligini taʼminlash maqsadida “Yoshlar” bogʻida issiqxona barpo etilib, bir tubdan 4-5 kilogramm pomidor hosilini olish rejalashtirilgan. Shuningdek tuzni qayta ishlash asnosida 4 xil osh tuzi mahsulotlari olinadigan “Good salt product” MCHJda ham xotin-qizlar uchun yangi ish oʻrinlar ochilgan.

Senator “Taxtakoʻpir” va «Beltaoʻ» OFYda yashovchi kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning muammolarini oʻrgandi.

Shuningdek Ellikqalʼa tumanida sektor hududlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Oʻrganishlar davomida tuman hokimligi majlislar zalida yigʻilish oʻtkazildi. Unda xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar bilan mahallabay ishlash borasida sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan hamda fuqarolar murojaatlarida keltirilgan masalalar koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?