Senator Qoʻngʻirot tumanida investitsiya loyihalari bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, amalga oshirilayotgan ishlar va investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarishda uchrayotgan muammolarni oʻrganish maqsadida Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Iminov Qoʻngʻirot tumanida boʻldi.
Senator tumandagi yirik “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJning ishlab chiqarish hajmi, mahsulotlarning sifati va ishchilar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Bundan tashqari, hududda roʻyobga chiqarilishi lozim boʻlgan investitsiya loyihalari ham diqqat markazida boʻldi. Xususan, neft-kimyo sanoati hamda chorvachilik sohasi boʻyicha umumiy qiymati 6,5 trln. soʻm boʻlgan 160 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 1737 ta yangi ish oʻrni yaratish belgilangan.
Senat aʼzosi tumandagi “OʻzKorgazkemikl” qoʻshma korxonasida ham boʻlib, u yerda olib borilayotgan yangi loyihalar bilan tanishdi.
Shuningdek, investitsion loyihalar istiqbollari, Qoʻngʻirot tumani eksport salohiyatini oshirish masalalari hamda sohadagi muammolarni oʻrgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring