Senator mahalliy Kengash deputatlari bilan uchrashdi

14:42 25 Noyabr 2020 Siyosat
175 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, hududdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish investitsiya jozibadorligini oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosida aholining bandligini taʼminlash va turmush darajasini oshirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlari oʻz vaqtida samarali va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Kadirxanova xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputatlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mazkur hududda amalga oshirilayotgan ishlarda deputatlik nazoratini olib borish, xalq vakillarining oldidagi vazifalarga urgʻu berildi.

Bundan tashqari, Senat aʼzosi tomonidan Beruniy tumanida “Temir daftar”ga roʻyxatga olingan fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, senator tegishli mutasaddilar bilan birga tumanda istiqomat qiluvchi, “Temir daftar”ga kiritilgan L.Davimova holidan xabar oldi. Unga eng soʻngi rusumdagi avtomatik tikuv mashinasi berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?