Senator Xoʻjayli tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Shuhrat Choʻlliyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Tumanda “Zamonaviy gidroponika usulida issiqxona tashkil qilish” loyihasi uchun yer ajratilgan. Bugungi kunda barcha zarur asbob-uskunalar olib kelingan.
Uchrashuvda korxonadagi uchrayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, «Shohjaxon Yusupov» FX tomonidan jami qiymati 1 mlrd. 300 mln soʻmlik loyiha koʻzdan kechirildi. Bugungi kunda Avstraliya davlatidan 30 bosh naslli qoramol olib kelinib kompleks ishga tushirilgan.
Shuningdek, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Shuhrat Choʻlliyev tuman markazidan olisda joylashgan «Sarishungil» va «Qumjiqqin» OFYda amalga oshirilishi lozim boʻlgan investitsiya loyihalari bilan ham tanishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring