Senator Xoʻjayli tumanida 10 gektarlik issiqxonani qurishdagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma berdi

Avval xabar berilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy Majlis Senatida doimiy asosda ishlovchi senatorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat safari bilan boʻlib turibdi.
2020-yil 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Shuhrat Choʻlliyev Xoʻjayli tumanida boʻlib, hududda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar bilan tanishdi.
Shu jumladan, senator Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati T.Ramanov va xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T.Yusupov bilan qurilish ishlari davom etayotgan 10 gektarlik issiqxonani koʻzdan kechirdi. Bu borada yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda oʻzlarining taklif va koʻrsatmalarini berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring