Senator fuqarolar murojaatiga ijobiy yechim topdi

12:49 19 Noyabr 2020 Jamiyat
165 0

Bugun deputat va senat aʼzolariga nisbatan xalqning ishonchi ortgan. Bunga ular oʻz vakolati doirasidagi vazifalarni bajarish orqali xalq manfaatiga xizmat qilish bilan erishmoqdalar. Andijon tumanidagi Saydulo obod nomli mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli “Yangi avlod” koʻchasida yashovchi aholisi ham Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Matlubaxon Gʻaniyevaga murojaat qilib, ushbu hududdagi elektr tayanchlar talabga javob bermasligini, ularni beton tayanchlarga almashtirib berishda amaliy yordam berishini soʻradilar.

— Bu kabi murojaatlar hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi, — deydi senat aʼzosi Matlubaxon Gʻaniyeva. — Natijada, viloyatning ayrim hududlaridagi toza ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz va yoʻl masalasidagi muammolar ijobiy yechim topmoqda.

Senator “Yangi avlod” koʻchasidagi 83 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 487 nafar aholiga amaliy yordam koʻrsatdi. Eski, foydalanishga yaroqsiz boʻlgan simyogʻochlar yangisiga almashtirildi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?