Senator aralashuvi bilan muammolar hal etilmoqda

“Namangan hunarmand ayollar klasteri” MCHJ 2021-yil 10-iyun kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Klasterga Rustamjon Mahmudov rahbarlik qiladi. Klasterning faoliyat yoʻnalishi qoʻlda ipak toladan gilam va kashta toʻqish, yodgorlik sandiqchalarini tayyorlashga qaratilgan.
Klaster uchun Namangan shahridan yer ajratilgan va tadbirkor hisobidan 6 qavatli ishlab chiqarish markazi qurilmoqda. Bu bino shu yil oxirigacha ishga tushadi.
Oʻrganishda klasterga boʻsh turgan bino ajratilmagani maʼlum boʻldi. Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mahmudjon Parpiyev aralashuvi va Chortoq tumani hokimi Anvarjon Otaxoʻjayev yordami bilan klasterning tuman filiali uchun “Gulshan” MFYda boʻsh turgan bino ajratilib, hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Klasterga 2021-yil noyabr-dekabr oylarida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasidan 250 mln. soʻm ajratilgan. Ushbu mablagʻ tabiiy ipakka, akril ipi, tikuv mashinalari va MDF mahsulotlarini tayyorlash uskunalariga sarflangan. 2022-yil iyul-avgust oylarida 200 mln. soʻmlik mahsulot tayyorlangan.
Rejalashtirilgan ish oʻrinlari toʻliq yaratilmagan. Klasterga jalb qilingan ishsiz xotin-qizlarning aksariyati (ular 30 nafarga yaqin) gilam toʻqish va kashta tikishni biladi. Kasb-hunarga oʻrgatish “ustoz — shogird” anʼanasi asosida tashkil etilmoqda.
Mahsulotlarni tayyorlash uchun koʻp vaqt ketadi. Misol uchun, 1 ta gilam 6 oydan 1 yilgacha vaqt mobaynida tayyorlanadi. 2022-2023-yillarda reja boʻyicha 60 ta doimiy ishchi oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan. Bu juda kam. 2022-yil sentyabr oyidan boshlab savdo aylanmasi boshlanadi. 250 mln soʻm berilsa, Xitoydan tabiiy ipak va ip mahsulotlarini qayta ishlaydigan uskunalar olib kelish imkoni yuzaga keladi.
Masala senator tashabbusi bilan 2022-yil 22-sentyabr kuni viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda shahar va tumanlar boʻlimlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.
Tanqidiy-tahliliy oʻtgan muhokamada klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish va hududlardagi hunarmand xotin-qizlarni klasterga jalb etish boʻyicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi va masala nazoratga olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring