Senatning oʻttiz ikkinchi yalpi majlisi qachon chaqirilishi maʼlum qilindi

15:03 07 Sentyabr 2022 Siyosat
643 0

Joriy yilning 7-sentyabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Uni Senat Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Majlisda Oliy Majlis Senatining oʻttiz ikkinchi yalpi majlisini 2022-yil 13-sentyabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Qayd etilganidek, navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Senatorlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosari toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadilar.

Shu bilan birga, yalpi majlisda bir qator qonunlar muhokama qilinadi. Xususan, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi, “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar ham koʻrib chiqiladi.

Yalpi majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2022-yil I yarim yilligi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini eshitish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara, Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari va Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlari chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek, Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumani va Namangan shahri Davlatobod tumanining hamda Namangan shahrining chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalar ham koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, senatorlar Boyovut, Qarshi, Olot, Boʻston va Toʻraqoʻrgʻon tumanlari hamda Kattaqoʻrgʻon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini oʻrganish natijalarini muhokama qiladi.

Yalpi majlisda davlat organlari va tashkilotlari tizimida 2022-yilning birinchi yarmida murojaatlar bilan ishlash holatini koʻrib chiqish nazarda tutilgan.

Tadbir yakunida Senat Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер