Senatning oʻn yettinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni yakunlandi

17:28 30 Iyul 2021 Siyosat
578 0

Xabar berilganidek, bugun, 30-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi. Parlament yuqori palatasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etilgan ushbu yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqildi.

Shu jumladan, senatorlar tomonidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosi doirasida Samarqand viloyatida ichimlik suvi taʼminoti obyektlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni oʻrganish natijalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya (Toshkent, 2021-yil 15-16-iyul) yakunlaridan kelib chiqadigan vazifalar koʻrib chiqildi. Qolaversa, 2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yilning birinchi yarim yilligidagi ijrosi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining hisoboti, Ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi.

Shuningdek, Boyovut, Qarshi, Boʻston, Toʻraqoʻrgʻon, Olot tumanlari hamda Kattaqoʻrgʻon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi, qonunlarning ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari toʻgʻrisidagi masalalar muhokama markazida boʻldi.

Shuning bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni yakunlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?