Senatning navbatdagi yalpi majlisida adliya vazirining huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi

14:29 04 Fevral 2022 Siyosat
1140 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Senatning navbatdagi yalpi majlisida adliya vazirining 2021-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi.

Axborotda bildirilishicha, 2021-yil davomida vazirlikka huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun 2 554 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi kelib tushgan. Ulardan 88 foizi (2 246 ta) huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan va 12 foizi (308 ta) ekspertiza oʻtkazilmasdan qaytarilgan.

Loyihalarning 640 tasi (28 foiz) eʼtirozlar bilan qaytarilgan.

Shuningdek, gilyotina usulida Hukumatning qarorlari ham qayta koʻrib chiqilib, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qarori bilan 1 887 ta qaror oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan. Natijada, normativ-huquqiy bazada Hukumat hujjatlari 10 foizga qisqargan.

Qayd etilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan kiritilgan 101 ta hujjatdan 40 tasi qabul qilish maqsadga muvofiq emas deb topilgan. Bunday holat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida 97 tadan
30 tani, Transport vazirligida 56 tadan 20 tani tashkil etgan.

Senatorlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida oʻz yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish lozimligi taʼkidlandi.

Jumladan, hududiy davlat organlariga uslubiy koʻmak koʻrsatish orqali ularning mazkur yoʻnalishdagi faoliyati samaradorligini oshirish choralarini koʻrish, normativ hujjat qabul qilgan organ bilan amaliy hamkorlikni keng yoʻlga qoʻyish zarurligi aytib oʻtildi.

Vazirliklar va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy, gender-huquqiy
va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan oʻtkazishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa idoralar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, har bir ekspertiza xulosasini vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirish muhim masala ekanligi qayd etildi.

Senatorlarning fikricha Adliya vazirligi va uning hududiy idoralari davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish muddatlariga qatʼiy amal qilishi, normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishida ularga koʻmaklashishiga alohida eʼtibor qaratishi lozim.

Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?