Senatda Yaponiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 2-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Yaponiyaning mamlakatimizga yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Kendzi Xirata bilan uchrashdi.
Uchrashuvda kun tartibidagi tadbirlar, parlamentlararo muloqot, iqtisodiyot, ilm-fan va oliy taʼlim sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, ikki tomonlama iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy aloqalar koʻlamini kengaytirishda hamkorlikning yangi yoʻnalishlariga eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va Yaponiya parlamentlari oʻrtasidagi muloqotni rivojlantirishda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida tuzilgan hamkorlik guruhlari hamda Yaponiya parlamentining Oʻzbekiston bilan doʻstlik ligasining oʻrni va ahamiyati alohida eʼtirof etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring