Senat Raisining birinchi oʻrinbosari Buyuk Britaniyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi

15:15 02 May 2023 Siyosat
404 0

Joriy yilning 28-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Buyuk Britaniyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlou bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish masalalari, shuningdek, Buyuk Britaniya parlamentining Tashqi ishlar boʻyicha qoʻmitasi aʻzolarining mamlakatimizga rejalashtirilgan tashrifi muhokama qilindi.

Oʻz navbatida, Britaniya tomoniga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, jumladan, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi boʻyicha boʻlajak referendumga tayyorgarlik koʻrilayotgani haqida batafsil maʻlumot berildi.

Uchrashuv soʻnggida ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер