Senat Raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashdi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Joriy yilning 28-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi V.Volodinni qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, transport-logistika, agrosanoat, ilmiy-texnik sohalarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish, taʼlim va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish hamda parlamentlararo hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Senat Raisi T.Narbayeva soʻnggi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik sohasidagi yutuqlar, jumladan, shu yilning oktyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan MDH Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiya yakunlari hamda ushbu sessiya MDH parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichini boshlab berganiga toʻxtalib oʻtdi.
Oʻz navbatida, Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi raisi V.Volodin parlamentlar imkoniyatlari doirasida ikkala davlat rahbarlari darajasida qabul qilingan qarorlarning ijrosini taʼminlash muhimligini taʼkidlab, bugungi kunda Oʻzbekiston Rossiyaning muhim iqtisodiy sherigi ekanligiga, mamlakatlar oʻrtasida savdo aylanmasi oʻsayotganligi va bundan kelib chiqib, transport, sanoat, turizm va boshqa sohalarda aloqalarni kuchaytirish zaruratiga urgʻu berdi.
Uchrashuv davomida Xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi alohida qayd etildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring