Senat Raisi Tanzila Narbayeva majburiy mehnatga qarshi kurashayotgan OAV vakillari va blogerlarga minnatdorchilik bildirdi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Ayni vaqtda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar, koʻrilgan choralar, sohada saqlanib qolayotgan masalalar hamda 2022-yilga rejalashtirilgan ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.
Qilingan ishlar borasida T.Narbayeva qisqacha maruza qilmoqda. Sohada saqlanib qolayotgan kamchiliklar xususida gapirilganda Senat Raisi Toshkent shahrining Olmazor tumanida Jamoat xavfsizligi universiteti talabalari bilan bogʻliq holatga ham izoh berdi.
Shu oʻrinda majburiy mehnat bilan bogʻliq holatlar yuzasidan tinimsiz mehnat qilib, “bong” urayotgan OAV vakillari va blogerlarga minnatdorchilik bildirdi.
Unga koʻra, Milliy komissiya bu kabi ishlarni mutlaqo qoralashi aytilib, ushbu holat yuzasidan universitetning tegishli masalalar boʻyicha vakiliga intizomiy chora koʻrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring