Senat Raisi T. Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi V. Matviyenkoga “Doʻstlik” ordenini topshirdi

12:14 28 Noyabr 2021 Siyosat
673 0

2021-yil 26-noyabr kuni MDH PA 53-yalpi majlisi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi V. Matviyenkoga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev nomidan “Doʻstlik” ordenini topshirdi.

Prezident Sh. Mirziyoyevning Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash yoʻlida faol saʼy-harakatlari va shaxsiy hissasi, ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlagani, Oʻzbekiston — Rossiya koʻp qirrali hamkorlik, shu jumladan, mintaqalararo hamkorlik va ikki tomonlama madaniy-gumanitar almashinuv salohiyatini toʻliq ochib berishga qaratilgan dastur va loyihalarni samarali amalga oshirishga koʻmaklashgani uchun Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Ivanovna Matviyenko “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?