Senat Raisi Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi

22:52 10 Iyun 2021 Jamiyat
209 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva hamda ushbu hududdan saylangan Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Senat Raisi va Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Kamalov hamrohligida Ellikqalʼa tumanidagi mahallalarda boʻlib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi, hududda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Mehmonlar dastlab «Aqchakoʻl» Ovul fuqarolar yigʻini hududidagi xotin-qizlar va yoshlarni kasbga oʻqitish boʻyicha tashkil etilgan “Oʻquv markazi” faoliyati bilan tanishdi. Ushbu markazda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi oʻqiyotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

Shundan soʻng hududda mahallabay ishlash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek, oʻquv markazida “Ayollar maslahat kengashi” faoliyati bilan tanishib, kengash aʼzolari bilan muloqot qildi.

Keyingi manzil “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi “Yoshlar mehnat guzari” boʻldi. Senatorlar mazkur hududda aholiga xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar, shu yoʻnalishda tashkil qilingan ish oʻrinlari bilan tanishdilar. Faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdilar. Yoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar, repetitorlik faoliyati, dars jarayonida qatnashib oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan suhbatda boʻldilar.

Ayni paytda Senati Raisi Tanzila Narbayeva “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida Nukus shahrida boʻlib oʻtayotgan “Yoshlar festivali”da ishtirok qilmoqda. Festival gala konserti “My5», “Yoshlar” va mahalliy telekanallardan jonli efirda namoyish qilinmoqda.

Gʻ.Otajonov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?