Senat Raisi MDH PA majlislarida ishtirok etadi

23:30 26 Noyabr 2020 Siyosat
729 0

2020-yil 27-noyabr kuni MDH PA Kengashining navbatdagi yigʻilishi va Assambleyaning ellik birinchi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtadi.

Ularda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narbayeva kirish soʻzi bilan ishtirok etadi.

PA Kengashi yigʻilishida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash boʻyicha MDH davlatlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni huquqiy taʼminlash, Yevroosiyo mintaqasidagi iqtisodiy integratsiya istiqbollari, Hamdoʻstlik doirasida 2021-yilda boʻlib oʻtadigan saylovlarni kuzatishga tayyorgarlik koʻrish, MDH PA va Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi oʻrtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?