Senat raisi ikki mingta ish oʻrni yaratilayotgan korxonada boʻldi

Istam Ibrohimov/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T. Norboyeva ayni paytda Buxoro viloyatida boʻlib, joylarda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, yangi biznes loyihalarni ishga tushirish ahvoli bilan tanishmoqda, “mahalla yettiligi” faoliyati ish samaradorligini oʻrganyapti.
Buxoro shahridagi “Nigora” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻlgan Senat raisi bu yerda investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.
Aytish joizki, mazkur korxona bino va inshootlari qator yillardan buyon boʻsh yotgan, qachonlardir hayot qaynagan bu maskan oʻz fayzini yoʻqotayozgan edi. Toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyaning kiritilishi bu holga barham berdi. 22 million AQSH dollari miqdoridagi sarmoya evaziga ip-kalava va undan mato ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bundan tashqari, matoni boʻyash, tayyor kiyim-kechaklar tikishni yoʻlga qoʻyish maqsadida qoʻshimcha investitsiya ham kiritildi. Loyiha tashabbuskori Ibrohim Hamroyevning bildirishicha, yaqin-yaqingacha paxta xom ashyosi yaʼni tola xorijga eksport qilinar, oʻzimizda yetishtirilgan paxtadan tayyorlangan sifatli kiyim-kechaklarni chet eldan sotib olishga toʻgʻri kelardi. Endilikda esa ahvol tamoman oʻzgaryapti. Xom ashyo shu yerning oʻzida qayta ishlanib, tayyor mahsulot holiga keltirilyapti. Bu qoʻshimcha qiymat yaratish, koʻplab ish oʻrinlari barpo qilish imkonini yuzaga keltirmoqda. Korxonaga kelsak, yaqin istiqbolda bu yerda ikki mingta ish oʻrni yuzaga keladi. Ishchilarning aksariyatini xotin-qizlar tashkil etadi. Mahsulotning asosiy qismi eksportga yoʻnaltiriladi.
Senat raisi korxona masʼullariga xotin-qizlarni kasb-hunarli qilgan holda ularda zamonaviy dastgohlarda ishlash koʻnikmasini shakllantirish, bunda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ishlash yuzasidan tavsiyalar berdi. Shu yerning oʻzida “Shayxul-ul Olam” mahalla fuqarolar yigʻini yettiligi bilan suhbatlashdi.
T. Norboyeva shuningdek, Jondor tumanida ham boʻlib, kasb-hunarga oʻqitilayotgan xotin-qizlar, mahalla faollari bilan muloqot qildi. Tuman hokimligida viloyatning barcha tumanlari oila va xotin-qizlar boʻlimlari masʼullari, tijorat banklari, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Unda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ishbilarmonlikka ishtiyoqmand yurtdoshlarimizga koʻmaklashish borasidagi ahvol tanqidiy tahlil qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring