Senat Raisi boshchiligidagi delegatsiya MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi

18:46 24 Noyabr 2021 Siyosat
837 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya 2021-yil 24 — 26-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi (Sankt-Peterburg shahri)da boʻlishadi.

Bu haqda Senat Axborot xizmati maʼlum qildi. 

Tashrif doirasida delegatsiya MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashining navbatdagi majlisi va yalpi majlisda ishtirok etishi koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.

Bundan tashqari, delegatsiyamiz “Sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan barchaning qamrab olinishi va barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar” deb nomlangan xalqaro konferensiya yalpi majlisida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?