Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti va IIV oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti va Ichki ishlar vazirligi hamkorligini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlikka yoʻl boshlab bergan tadbirda Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Dilorom Toshmuhammedova, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Mohistara Muhammadyunusova va boshqa aʼzolari, IIV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Dilorom Toshmuhammedova kirish soʻzi bilan ochib berdi. Senatorning soʻzlariga koʻra, mazkur memorandum kelgusida yoshlar masalalari boʻyicha amalga oshiriladigan islohotlar va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yosh xodimlar bilan Yoshlar parlamenti aʼzolari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, kelgusidagi ishlar samaradorligini oshirishda oʻzaro reja va maqsadlarni muvofiqlashtirishda oʻziga xos ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Mohistara Muhammadyunusova ham soʻzga chiqib, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yosh xodimlarning mamlakat taraqqiyoti, uning ertangi kuni uchun oʻz hissalarini qoʻshishda mazkur memorandum va qoʻshma dasturlar alohida ahamiyat kasb etishini aytib oʻtdi.
Hamkorlik memorandumidan tashqari tadbir davomida 5 ta muhim yoʻnalishlar, gender tenglik va xotin-qizlar, ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik, raqamli texnologiya va innovatsiyalar, yoshlar huquqlari va qonunchilik hamda turizm, sport, sogʻlom turmush va ijtimoiy himoya yoʻnalishlari boʻyicha ham yillik qoʻshma dastur ham imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
- Qatar Davlati Amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring