Senat aʼzolari MDH PA doimiy komissiyalari majlislarida ishtirok etdi
2023-yil 12-oktabr kuni MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi ishchi organlarining videokonferensaloqa shaklida majlislari boʻlib oʻtdi.
Majlislarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati aʼzolari, shuningdek, oʻndan ortiq mamlakat ekspertlari va qonun ijodkorlari ishtirok etdi.
Parlament yuqori palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev Nazorat-byudjet komissiyasining majlisida ishtirok etdi. MDH PAning moliyaviy taʼminotiga oid qator masalalar muhokama mavzusi boʻldi.
Komissiya aʼzolari MDH Parlamentlararo Assambleyasi aʼzo davlatlar tomonidan kelgusi yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida qabul qilingan qonunlar yuzasidan maʼlumot almashdilar. MDH PA Kengashi faoliyatining moliyaviy jihatlariga oid qarorlar loyihalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbidin Burxonov MDH PA Mudofaa va xavfsizlik masalalari doimiy komissiyasining majlisida ishtirok etdi.
MDH ishtirokchi davlatlarining 2020–2022-yillarga moʻljallangan terrorizm va ekstremizmning boshqa koʻrinishdagi zoʻrovonliklarga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik dasturini amalga oshirishga qaratilgan “Jamoat xavfsizligi toʻgʻrisida«gi namunaviy qonun loyihasi koʻrib chiqildi va asos sifatida qabul qilindi. Mazkur namunaviy qonun loyihasini ekspert xulosalari olish uchun MDH PA ishtirokchi davlatlari parlamentlariga yuborish, qayta koʻrib chiqilgan hujjatni esa Komissiyaning navbatdagi majlisida koʻrib chiqish uchun MDHga aʼzo davlatlarning Aksilterror markaziga taqdim etish taklif etildi.
Majlisda namunaviy qonun loyihalari, Akvatoriyadagi noqonuniy faoliyatga chek qoʻyish sohasidagi huquqiy tartibga solishni takomillashtirish va MDH ishtirokchi davlatlari chegara organlarining terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ham koʻrib chiqildi.
MDH namunaviy qonunchiligining 2023–2025-yillarga moʻljallangan istiqbolli rejasiga muvofiq nazarda tutilgan “Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik toʻgʻrisida«gi namunaviy qonun loyihasi konsepsiyasi loyihasini MDH PA ishtirokchi davlatlari parlamentlariga ekspert xulosalarini olish uchun hamda takomiliga yetkazilgan hujjatni Komissiyaning navbatdagi majlisida koʻrib chiqish uchun ishlab chiquvchiga yuborish taklif etildi.
MDH PA komissiyalari 2023-yildagi faoliyatini sarhisob qilib, ish rejasini hamda 2024-yilga moʻljallangan tadbirlar rejasini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring