Sel yoʻlidan qum-shagʻal qazigan huquqbuzarga jarima qoʻllanildi

Foto: Халқ сўзи
Yurtimizda joriy yil bahor mavsumi nisbatan seryogʻin kelgani, ayniqsa, togʻli hududlarda sel va koʻchki sodir boʻlish holatlari hududlardagi koʻplab infratuzilma obyektlariga, aholi xonadonlari, chorva mollari va qishloq xoʻjaligiga sezilarli ziyon yetkazgani barchamizga maʼlum.
Mana shunday sharoitda ayrim kimsalarning bilib yoki bilmay sel yoʻllarini oʻzgartirish, soylardan noqonuniy tosh-shagʻal va qumlarni qazib olishi bilan bogʻliq noxush holatlar hamon uchrayotgani yanada taassufli.
— Ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida Gʻallaorol tumani Lalmikor mahallasi hududida xuddi shunday holatga duch kelindi, — deydi Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boʻlim bosh mutaxassisi Yusuf Abralov. — Shu hududdan oʻtgan sel yoʻlidan noqonuniy qum-shagʻal qazib olinishi natijasida chuqurliklar hosil boʻlgani, bu holat sel kelgan vaqtida yoʻlini oʻzgartirishga olib kelishi aniqlandi.
Natijada mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaro O.H.ga nisbatan maʼmuriy jarima qoʻllanildi.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring