Sektorlar — muammolar yechimida samarali mexanizm

21:50 04 May 2021 Jamiyat
902 0

Hasan PАYDOEV - "Xalq so'zi"

Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha har bir viloyat, tuman va shahar to‘rt sektorga ajratilgani xalq bilan muloqot qilish, eng o‘tkir, dolzarb masalalarga yechim topish samaradorligini oshirish imkonini beryapti.

Аyni paytda sektorlar asosiy eʼtiborni muayyan hudud aholisining turmush sharoiti hamda darajasini yuksaltirish, odamlarni qiynayotgan muammolarni iloji boricha joyida hal etishga qaratmoqda.

Xususan, Qorao‘zak tuman prokurori rahbarligidagi 2-sektor ham o‘z hududidagi aholi muammolari muntazam o‘rganib, ijobiy yechim topish choralarini ko‘rayotir.

Xususan, Qorao‘zak tuman 2-sektorga biriktirilgan А. Dosnazarov nomidagi va “Quralpa” OFY hududida uyma-uy yurib o‘rganishlar natijasida ehtiyojmand, ijtimoiy yordamga muhtoj 147 ta oila aniqlanib, “temir daftar”ga kiritilib, moddiy va moliyaviy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, mazkur oilalarning 179 nafar ishga layoqadli ishsiz aʼzolarini tadbirkorlikka jalb qilish, subsidiyalar olib berish, ishga joylashtirish orqali bandligi taʼminlanib, doimiy daromad manbai yaratildi. Bundan tashqari, sektor rahbari tomonidan hudud aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.

“Quralpa” OFY hududidagi “Qipshaq” ovuli hududidagi kollektorga ko‘prik qurib berilib, hududda yashovchi 39 ta oilaning 301 nafar aʼzolarining uzog‘in yaqinlashtirildi hamda umumtaʼlim maktabiga taʼlim olish uchun qatnovchi 63 nafar farzandlarimizning xavfsizligi taʼminlanib, xalqning uzoq yillardan beri mavjud muammosi ijobiy hal qilindi, — deydi Qorao‘zak tuman prokurori, adliya maslahatchisi N. Djolamanov. — Shuningdek, sektor rahbari tomonidan “Quralpa” OFY markazida “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga 6 ta 3 xonali turar joylar qurib berilmoqda. Mazkur uy-joylar qurilishi natijasida ijtimoiy yordamga muhtoj hujaliklardagi yosh oilalarning uysiz qiynalib, ijarama ijarada sargozdon yurishining oldi olinib, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashiga imkon yaratildi.

Bu hali hammasi emas. Sektor rahbari tomonidan fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 1-choragida 2-sektor “Quralpa” OFY hududida yashovchi “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uyma-uy yurib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilgan tushuntirishlar davomida fuqaro R.Mambetkarimova oilaviy bolalar bog‘chasin tashkillashtirish niyati bor ekanligi aniqlanib, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, bolalar bog‘chasi tashkillashtirib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berildi. Natijada hududda yashovchi oilalardagi bog‘cha yoshidagi bolalarning sifatli va malakali maktabgacha taʼlim va tarbiya olishiga imkon yaratildi.

Qorao‘zak tuman prokurori, adliya maslahatchisi N. Djolamanovning maʼlum qilishicha, “Quralpa” OFY hududida yashovchi “ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaro M.Genjebekovaga tikuvchilik bilan shug‘ullanishi uchun 15 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga amaliy yordam ko‘rsatilib, homiylar yordamida tikuv mashinasi va “overlo” sovg‘a qilindi. Natijada hududdagi 3 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, tumandagi А. Dosnazarov nomidagi OFY hududida yashovchi fuqaro J.Nisanbaevning “xo‘jalik sovuni” mahsulotlarini ishlab chiqarishga qiziqivchiligi aniqlanib, ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida “Har bir oila — tadbirkor” Davlat dasturi doirasida “xo‘jalik sovuni” mahsulotlarini ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 25 mln. so‘m kredit ajratib berilishi taʼminlandi.

Sektor rahbari tashabbusi bilan А. Dosnazarov nomidagi OFY hududida aholi, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan eʼtiborini yanada ko‘chaytirish, ona tabiatni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash, ekologik holatni yaxshilash maqsadida ko‘ngilli yoshlar bilan birgalikda “Toza hudud” loyihasi amalga oshirildi.

Аktsiya davomida 200 tadan ortiq mevali daraxtlar ekilib, ijtimoiy obʼektlarning atroflari obodonlashtirildi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolg‘iz keksalarning uy atroflari tozalanib, tomorqa yerlariga ishlov berildi.

Umuman, xalq rozi qilish, ularning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin, mushkulini oson etish, muammolarini hal qilishga barcha masʼul. Аmmo bu boradagi ishlarda sektor rahbarlari boshqalarga haqiqiy maʼnoda namuna bo‘lishi lozim va shunday bo‘lyapti ham.

 

Rahim SHERQULOV, G‘ayrat OTАJONOV
“Xalq so‘zi”

Hasan PАYDOEV olgan suratlar

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?