SCHR: harbiy yigʻinlar oʻtkazilayotgan davrda davlatga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik belgilanyapti

Bu haqda kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida aytib oʻtildi. Unda deputatlar “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.
Qonun loyihasi boʻyicha mudofaa vazirining oʻrinbosari Z. Bozorboyev maʼruza bilan chiqdi.
Mazkur loyiha bilan qonun har qanday vaziyatda va barcha uchun barobar hamda bajarilishi majburiyligi prinsipi mustahkamlanmoqda. Loyiha bilan bugungacha qonuniy tartibga solinmagan ayrim holatlar uchun javobgarlik qoidalari belgilanmoqda. Jumladan, safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat oʻtayotgan fuqarolarning harbiy yigʻinlar oʻtkazilayotgan davrda davlatga yetkazgan zarari uchun moddiy javobgarligi belgilanyapti.
Qonun loyihasining qabul qilinishi davlatga yetkazgan zarari uchun moddiy javobgarlik, shu jumladan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan fuqarolarning harbiy yigʻinlar oʻtkazilayotgan davrda ular tomonidan davlatga yetkazilgan zarari uchun moddiy javobgarlikni qonun bilan belgilashga imkon beradi.
Majlisda qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand viloyat sobiq DSB boshligʻi qariyb 20 yildan soʻng oqlandi
- “Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yoʻqot!” Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv boʻyicha bayonot berildi
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Internet orqali behayo qiliqlar qilib, qizlarning shaʼnini bulgʻagan navoiylik yigitlar qoʻlga olindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring