Saudiyalik investor Navoiy viloyatida uy-joy, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik loyihalariga investitsiya kiritmoqchi

19:52 28 Noyabr 2022 Jamiyat
489 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Jidda shahridagi yirik tadbirkor Muhammad Sindi va Navoiy viloyatidagi «Tudakul Garden Park» MCHJ rahbari Farhod Sirojov oʻrtasida mamlakatimiz bosh konsulligi tomonidan muzokaralar tashkil etildi.

Suhbat chogʻida keng koʻlamli oʻzgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes imkoniyatlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Oʻz navbatida, Muhammad Sindi Oʻzbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, iqtisodiyotning qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, qurilish kabi tarmoqlariga sarmoya kiritishdan manfaatdorligini bildirdi.

Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar natijasida investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonida oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solish toʻgʻrisida Bitim imzolandi.

Investitsiya shartnomasiga muvofiq, Saudiya Arabistoni sarmoyasi asosida Navoiy viloyatining Konimex tumanida 60 xonadonli besh qavatli turar joy binosi qurilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda qurilish loyihalarini ishlab chiqish ishlari boshlab yuborilgan.

Shuningdek, dehqonchilik va chorvachilikda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер