Saudiya Arabistonining eng yirik universiteti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi

19:10 19 Avgust 2022 Jamiyat
530 0

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jidda shahridagi Qirol Abdulaziz nomidagi universitetiga tashrif buyurib, universitet vitse-prezidenti, prof Tavfik Al-Xyal (prof. Tawfeek A. Al.Khyal) hamda universitetining Xalqaro munosabatlar boʻyicha rahbari (prof. Abdulrahman M.Al-Wahhabi) bilan uchrashdi.

Qirol Abdulaziz universiteti Saudiya Arabistonining eng katta universiteti boʻlib, uning tarkibida bir nechta tadqiqot markazlari mavjud. 

Tashrif chogʻida Oʻzbekistonlik mehmonlarga universitetning shifoxona koʻrinishida tashkil etilgan Tibbiy oʻquv markazi, Startaplarni rivojlantirish markazlarini namoyish etilib, mazkur markazlarning ish jarayonlari bilan tanishtirildi. I. Abdurahmonov, shuningdek, biotexnologiyalar, genetik tibbiy tadqiqotlar oʻtkaziladigan tibbiy tadqiqotlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida ikki davlat olimlari hamkorligida qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, olimlarni stajirovkalarga yuborish va oʻzaro tajriba almashish masalalari boʻyicha kelishib olindi.

Shu bilan birga Qirol Abdulaziz universiteti va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda yangi markaz tashkil etish taklifi muhokama etildi. Universitet vakillaridan iborat delegatsiya Toshkent shahrida joriy yilning oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan "InnoWeek-2022» innovatsion gʻoyalar haftaligiga tashrif buyurganida, markaz tashkil etish masalasi batafsil muhokama etilishiga kelishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?