Saudiya Arabistonida hibsga olingan 19 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Joriy yilning 12-14-mart kunlari 19 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olingan 19 nafar ayollar oʻz oilasi bagʻriga qaytishga muvaffaq boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga turistik vizalar bilan kelgan, biroq zarur ruxsatnomalarni olmasdan ishga joylashish maqsadida mamlakatda qolgan. Hibsga olinganlar orasida 20 yoshga toʻlmagan vatandoshlar ham bor. Ulardan baʼzilari qarindoshlariga xabar bermasdan sayohatga chiqqani oilalarda tashvish va faol qidiruvga sabab boʻlgan.
“Xorijga chiqishni rejalashtirayotgan barcha fuqarolarimizga qabul qiluvchi davlat qonunchiligini oldindan oʻrganishni, mahalliy anʼana va meʼyorlarni hurmat qilishni, shuningdek, qonuniy boʻlish va ishga joylashish uchun barcha zarur hujjatlarni tayyorlashni qatʼiy soʻraymiz. Bundan tashqari, turli vaziyatlarda muloqot qilish uchun mezbon davlat tilining asoslarini oʻrganish tavsiya qilamiz”, – deyiladi Oʻzbekiston elchixonasi bayonotida.
Shuningdek, Oʻzbekiston elchixonasi Saudiya Arabistonida qiyin vaziyatlarga duch kelganlar Ar-Riyod shahridagi elchixona yoki Jiddadagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishi mumkinligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring