Saudiya Arabistoni The Line innovatsion loyihasini taqdim etdi

12:13 29 Iyul 2022 Dunyo
482 0

Foto: Illustrativ foto

Saudiya Arabistonida The Line shahri konsepsiyasi taqdim etildi. Uning kengligi 200 metr, balandligi — 500 metr, uzunligi — 170 kilometr.

Loyiha qiymati 1 trillion dollarni tashkil etadi, uning qurilishni 2030-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan, ammo mutaxassislarning fikricha, bunga 50 yil kerak boʻlishi mumkin.

Ekologik toza va avtomobillardan holi shahar 9 million kishiga moʻljallangan va butun uzunligi boʻylab tezyurar yerosti poyezd liniyasiga ega boʻladi. Shu bilan birga, infratuzilma toʻliq qayta tiklanuvchi energiya bilan taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?