Saudiya Arabistoni shahzodasiga qarshi Jamol Qoshiqchining oʻldirilishiga aloqadorligi borligi aytilgan ish toʻxtatildi

00:08 08 Dekabr 2022 Dunyo
2103 0

Foto: Reuters

AQSH okrug sudi sudyasi Jon Beyts Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga qarshi 2018-yilda muxolifatchi jurnalist Jamol Qoshiqchining oʻldirilishiga aloqadorligi bor ishni toʻxtatishga majbur boʻlganini tan oldi. Bu haqda “The Guardian” yozmoqda.

Shu tariqa Qoshiqchining turmush oʻrtogʻi Xatija Chingiz va jurnalist asos solgan “Dawn” nohukumat tashkiloti tomonidan berilgan fuqarolik daʼvosini rad etish toʻgʻrisidagi qaror valiahd shahzodani 2018-yilda sodir etilgan qotillik uchun javobgarlikka tortishga qaratilgan saʼy-harakatlarni yakunladi.

Bundan tashqari, bin Salmon endi AQSHga erkin sayohat qilish huquqiga ega. Garchi unga qarshi ish Salmonni hibsga olish huquqiga ega boʻlgan AQSH prokuraturasi tomonidan qoʻzgʻatilmagan boʻlsada, valiahd shahzodada ayrim huquqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin edi.

Sud bu qarorni AQSH Davlat departamenti valiahd shahzoda Qoshiqchi qotilligi ishi boʻyicha ayblovlardan immunitetga ega degan fikrini bildirganidan keyin qabul qildi.

Jurnalist 2018-yil 2-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsulligiga tashrif buyurganidan soʻng gʻoyib boʻlgan edi. 

Shundan soʻng Turkiya ommaviy axborot vositalari huquq-tartibot va tergov idoralaridagi manbalariga tayanib, Qoshiqchi konsullik binosida shafqatsizlarcha qiynoqqa solingani, soʻngra oʻldirilganini haqida rasmiylarda dalillar borligini haqida xabar tarqatgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер