Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan Oʻzbekistonga 50 tonna xurmo sovgʻa qildi

16:46 25 Mart 2021 Jamiyat
1956 0

Joriy yilning 23-mart kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbarlari hamda Saudiya Arabistoni Qirolligining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari bilan samimiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv chogʻida Saudiya Arabistonining “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan mamlakatimizga begʻaraz koʻmak sifatida 50 tonna xurmo sovgʻa qildi. Xurmolarni Saudiya Arabistonining Oʻzbekistondagi elchisi Hishom ibn Mishʼal ibn Suvaylim Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovga topshirdi.

Mazkur xurmolar “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyi arafasida respublikamizdagi tashkilotlar, masjidlar, madrasalarga xayriya sifatida tarqatilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?