Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Prezidenti saylovi haqida yozishdi

12:07 25 Oktyabr 2021 Jamiyat
212 0

Islom hamkorlik tashkiloti qoshidagi Axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIS)ning veb-saytida  kecha O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan ingliz va arab tillarida maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” Axborot agentligi.

Xabarda aytilishicha, kecha, 24 oktyabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan  Prezident saylovi jarayonlari batafsil yoritilgan. «Yakshanba kuni erta tongda O‘zbekistonda Prezident saylovi boshlandi. 19 million 859 ming 127 nafar saylovchilar besh nafar nomzod orasidan yangi Prezidentni tanlash uchun  ovoz berayapti», - deya qayd etiladi nashrda.

Saylovlarni kuzatish uchun 971 xalqaro kuzatuvchi, 20 ga yaqin xalqaro tashkilotlar, jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Parlament assambleyasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT), Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH), Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va boshqalar ishtirok etdi.

«O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘la olmaydigan saylovchilar uchun 14-20 oktyabr kunlari saylov muddatidan avval ovoz berish o‘tkazilgan», - deb yozadi UNA-OIS.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?