Sarkozi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortdi

16:20 03 Mart 2021 Dunyo
1108 0

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi mamlakatda 2022-yilda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida qatnashishdan bosh tortdi. Bu haqda “lenta.ru” xabar bermoqda.

Sarkozi hali ham respublikachilar siyosiy partiyasining aʼzosi ekanligini va undan chiqib ketish niyati yoʻqligini taʼkidladi. U Fransiya taqdiriga befarq emasligini ham qoʻshimcha qildi.

Shu bilan birga, mamlakatning sobiq rahbari, hatto sud oqlov hukmi chiqargan taqdirda ham, u faol siyosiy faoliyat bilan shugʻullanmasligini aytib oʻtdi.

Avvalroq, Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini korrupsiya ishi boʻyicha uch yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar bergan edik. Ushbu muddatni ikki yili shartli hisoblanadi va Sarkozi bir yilni qamoqda oʻtkazadi. Shu tariqa Nikolya Sarkozi haqiqiy muddat olgan Fransiyaning birinchi sobiq rahbari boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?