Sariosiyoda sodir boʻlgan voqeaga rasmiylar munosabat bildirdi

Illustrativ foto
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning oʻqituvchi-xodimlari va direktor oʻrtasida janjal aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Xoʻsh, bu voqea qachon sodir boʻlgan? Bir-birini urib, haqorat qilayotgan fuqarolar haqiqatan ham oʻqituvchi-murabbiylarmi?
Ushbu masalada Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabatida quyidagilar bayon qilingan:
«Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan mazkur holat Sariosiyo tumanining 28-sonli umumtaʼlim maktabida joriy yilning 22-may kuni yuz bergan. Bu voqea shu vaqtning oʻzida viloyat xalq taʼlim boshqarmasi rahbariyati tomonidan oʻrganilgan. Oʻrganish jarayonida ushbu holatni keltirib chiqargan masʼullarga tegishli tartibda choralar koʻrilib, maktab jamoasi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilgan. Maktab direktori Umida Tursunova vazifasidan ozod etilgan. Hozirgi kunda Hushvaqt Joʻraboyev 28-son umumtaʼlim maktabi direktori vazifasini bajarib kelmoqda».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring