Sariosiyoda rashk tufayli apteka oynasi sindi... Qudalar oʻrtasida kelib chiqqan janjal esa pichoqbozlik bilan tugadi

13:02 23 Fevral 2021 Jamiyat
166 0

2021-yil 10-fevral kuni soat 14:30larda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Nurobod” mahallasida yashovchi 29 yoshli Rajaboy M., ning oldiga sobiq turmush oʻrtogʻi 29 yoshli Marhabo M., ning ukasi 18 yoshli Olloberdi T., va tanishi 17 yoshli Mustafo R.,lar opasiga tegishli boʻlgan uyali telefon apparatini olib qoʻyganligining sababini bilish maqsadida keladi. Ularning yonidagi yogʻoch tayoq (bita)ni Rajaboy M., koʻrib qolib, akasi 37 yoshli Farxod M., hamda qarindoshi 31 yoshli Murodali H.,lar bilan birgalikda qoʻllaridagi tayoqlari bilan Olloberdi T., va tanishi Mustafo R.,larga tan jarohati yetkazishgan vaqtlarida, Olloberdi T., doimiy ravishda yonida olib yuradigan chopqi pichogʻi bilan Farhod M.,ning koʻkrak oʻng old sohasi, Rajaboy M.,ning chap kurak pastki qirgʻogʻiga va Murodali H.,ning oʻng pastki qovoq sohasiga jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, Rajaboy M., turmush oʻrtogʻi Marhabo M., bilan norasmiy ajrashganliklaridan soʻng, Marhabo M., turmush oʻrtogʻini rashk qilib, u ishlaydigan dorixonaga borib janjal qilib, dorixonaning oynasini qattiq jism bilan urib sindirganligi sababli, Rajaboy M., dorixonaga yetkazilgan zararni qoplab bersagina, uyali telefon apparatini qaytarib berish sharti bilan olib qoʻyganligi maʼlum boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Olloberdi T.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «m» bandi (Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda Rajaboy M., Murodali H., Farhod M., lar olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan va ularga nisbatan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shuningdek, jinoyat ishi doirasida yogʻoch tayoq (bita) va chopqi pichoqlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan va janjalning boshqa ishtirokchilarining xatti-harakatlariga ham huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?