Sarhisob: Fargʻonada 775 ta tadbirkor faoliyati tiklangan

Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov 2022-yilda viloyat prokuraturasi organlari tomonidan hududda qonuniylikni taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.
Xususan, qonunlar ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida, 12 mingga yaqin nazorat hujjatlari qoʻllanilib, 37 599 nafar jismoniy va 6 530 ta yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.
Ijtimoiy soha obyektlarida qurilish - taʼmirlash ishlarini bajarish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Viloyatda 58 ta maktab va 43 ta maktabgacha taʼlim muassasalari binolari joriy taʼmirlangan boʻlsa, 5 tasi yangidan qurib berilgan.
Shuningdek, tadbirkorlikni har taraflama qoʻllab-quvvatlash, qulay biznes muhitini yaratishga oid tizimli choralar koʻrilgan va 2 122 ta holatda tadbirkorlarning huquqi buzilganligi aniqlanib, bartaraf qilingan, 2 765 ta ish oʻrni saqlanib qolingan holda 775 ta tadbirkorlar faoliyati tiklanishi taʼminlangan.
Agrar sohada asosiy eʼtibor yerlarni talon-toroj qilish horlatlarini oldini olishga qaratilib, 1076 gektar yer maydonlari noqonuniy egallanganligi holatlari boʻyicha 149 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, 180 gektar yer qaytarilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi ishlar har doimgidek izchillik bilan davom ettirilgan.
Jumladan, oʻtgan yilda turli darajadagi 655 nafar mansabdorlar jinoiy javobgarlikka tortilgan hamda yetkazilgan zararlarni undirish choralari koʻrilgan.
Sessiyada kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namangan Xalqaro festival mehmonlarini 30 million tup gul va chechaklar bilan kutib oladi
- Xitoy-Markaziy Osiyo sammiti: Sian mehmonlarni kutib olishga tayyor
- 1-iyundan boshlab «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi
- Prezident boks finalini tomosha qildi – Fotoreportaj
- Sian shahrida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
- «Markaziy Osiyo - Xitoy» sammiti ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimidan fotojamlanma
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring