Sardobadagi chodirlar shaharchasidan fotoreportaj

22:11 12 May 2020 Jamiyat
896 0

Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga 2-may kuni yetib kelishdi. Shu kunni oʻzidayoq vaqtincha joylashish uchun chodir shaharcha tiklandi.

200 ga yaqin harbiy texnikalarga moʻljallangan park hozirlandi. Bir necha soatda 2000 kishilik yotoqxona, yuvinish uchun joy, oziq-ovqat omborxonasi va boshqa texnik taʼminot obyektlari tayyorlandi. Lager xavfsizligini taʼminlash uchun patrullik yoʻnalishlari tashkil etildi.

Mudofaa vazirligi texnik taʼminot bosh boshqarmasi tomonidan safar vaqtida shaxsiy tarkibning taʼminot holati, moddiy va texnik resurslarni yana-da takomillashtirish maqsadida sardobadagi harbiy shaharchalarda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirildi. Uyga aylantirilgan texnikadek oʻzida barcha elementlarni jamlagan Markaziy harbiy okrugiga qarashli chodir shaharchasi eng namunali deb topildi.

Hozirgi kunga qadar harbiylar aholi xonadonlarida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarida jonbozlik koʻrsatib kelmoqda. Shu vaqtga qadar okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov tomonidan sardobaliklarga begʻraz yordam koʻrsatgan harbiy xizmatchilar ikki marta pul va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Bugun kechagi suv toshqinidan koʻra, mahallalarda hayot oʻz iziga tushayotganini koʻrish mumkin.

Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari hozirda “Sardoba” suv omboridan birinchi talofat koʻrgan namunali uylarda tozalash ishlarini olib bormoqda.

Bundan tashqari, harbiy psixologlar talofatdan jabr koʻrgan oilalarga psixologik koʻmak bermoqda. Bolalar bilan vaqtinchalik joylashgan maskanda treninglar tashkil etilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?