Saratonni davolashga qaratilgan yangi usul klinik sinovdan oʻtkazilmoqda

09:57 25 Sentyabr 2022 Dunyo
1133 0

Foto: Illustrativ surat

Tahlillarga koʻra, dunyoda har yili 20 million nafarga yaqin kishi onkologik xastaliklarga chalinib, ulardan teng yarmi saraton asoratlari tufayli hayotdan koʻz yummoqda.

Shu bois tibbiyot olimlari ushbu xavfli kasallikning samarali davosini topish va bu orqali bemorlar oʻlimini keskin kamaytirish maqsadida doimiy izlanishda.

Shveysariyaning Bazel universiteti yetakchi professorlari va mutaxassislaridan iborat guruh ayni shu maqsadda tadqiqot oʻtkazdi.

Maʼlumki, saraton oʻsimtalari kutilmaganda paydo boʻlib, organizm boʻylab tarqala boshlaydi. Eng yomoni, bu bosqichda ular turli dori-darmonlarga yuqori moslashuvchanlik qobiliyatiga ega boʻladi.

Yangi tadqiqot koʻkrak bezi saratoni hujayralarining zararli taʼsirini kamaytirishga qaratilgan. Bunga mos ingibitor(antitana)ni topish uchun 9500 dan ortiq birikma sinab koʻrildi.

Ular orasidan PLK1 ingibitori eng mos namuna deb topildi. Ushbu birikmaning saraton hujayralariga taʼsiri xastalikni samarali davolash imkonini berishi mumkin.

Hozir mazkur usul qon, oʻpka va oshqozon osti bezi saratoni muolajasida qanday natija berishi yuzasidan klinik sinovlar davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?