Sanʼatni sevgan bolalardan zoʻr futbolchi chiqadi

Foto: Xalq so‘zi
Jahon yulduzlari futbolni haqiqiy sanʼat darajasi olib chiqishining sababi ular yoshligidan qoʻshiqqa, raqsga va chiroyli musiqalarni tinglab ulgʻayishgan. Bu haqda ularning oʻzlari maroq bilan hikoya qilishadi. Shu maʼnoda Qashqadaryo viloyati bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga mashgʻulotlardan soʻng kuy-qoʻshiq tinglab madaniy hordiq chiqarishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilyapti. Ayniqsa, boʻlajak yosh “charm toʻp” ustalari uchun «Yangi Oʻzbekistonda el aziz inson aziz» shiori ostida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ahamiyati katta boʻlmoqda.
— Futbol faqat harakat va tezlikdan iborat emas,— deydi futbol akademiyasi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Shavkat Roʻziyev. — Bu sportda aql, bilim, salohiyat va zehn muhim rol oʻynaydi. Boʻlajak futbolchilar koʻp oʻqisa, madaniy hordiq chiqarsa va kuy-qoʻshiqlar tinglasa, ularda ijodkorlik hamda oʻziga xoslik shakllanadi. Yaqinda oʻtkazilgan tadbirga Qarshi shahridagi “Bogʻishamol” MFY nuroniylarini, Oʻzbekiston qahramoni, keksa pedagog Muhabbat Sharopovani, Ulugʻbek baxshi hamda qoʻshiqchi Umrzoq Quvvatovlarni taklif etdik. Bu koʻngilochar tadbir respublika futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilar oʻrtaisda oʻtkaziladigan musobaqa oldidan bolalarga kuch-gʻayrat, shijoat va bardamlik bagʻishlaydi, deb oʻylayman.
Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasida 154 nafar yosh sportchi tahsil olayotgan boʻlsa, ularga 14 nafar malakali murabbiy futbol sir-asrorlarini puxta oʻrgatishyapti. Yosh futbolchilar 3 mahal issiq ovqat va sport liboslari bilan bepul taʼminlangan.
Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring