“Samsung” butun dunyo boʻylab televizorlarni blokirovka qilish mexanizmini yaratdi

19:18 10 Sentyabr 2021 Dunyo
647 0

“Samsung“ butun dunyo boʻylab oʻgʻirlangan televizorlarni blokirovka qila oladigan («TV Bloc”) texnologiyasini taqdim etdi.

Yangi funksiya xavfsizlikni taʼminlaydi va televizorlar oʻgʻirlanishini kamaytiradi. Qurilma qonuniy egalariga faqat sotib olishni tasdiqlovchi hujjati boʻlgan taqdirda taqdim etiladi.

Kompaniya “TV Bloc”ning ishlash mexanizmini tushuntirdi: televizor internetga ulangandan soʻng, maxsus algoritm oʻgʻirlangan yoki noqonuniy sotilgan mahsulotlar roʻyxatidagi qurilmaning seriya raqamini tekshiradi. Raqamlar bir-biriga mos kelganda dastur televizorning noqonuniy ravishda qoʻlga olinganligini aniqlaydi va keyin avtomatik ravishda uning barcha funksiyalarini oʻchiradi.

“TV Bloc”  2020-yil iyulda Janubiy Afrika Respublikasidagi doʻkonlar talon-taroj qilinganidan soʻng muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?