SamDUda Oʻzbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Samarqandda Oʻzbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etildi.
SamDUda assotsiatsiyaning birinchi taʼsis forumi boʻlib oʻtdi. Onlayn-muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda mahalliy OTMlardan tashqari Osiyo universitetlari assotsiatsiyasi, Xalqaro ipak yoʻlida joylashgan universitetlar assotsiatsiyasi, Yevroosiyo universitetlari assotsiatsiyasi vakillari, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Niderlandiya, Rossiya, Hindiston, Afgʻoniston, Isroil, Turkiya, Belarus, Vengriya kabi davlatlarning talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Forumning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Yu. Absoatov, SamDU rektori Rustam Xalmurodov va boshqalar Talabalar Assotsiatsiyasi tashkil etilganligi bilan Oʻzbekiston yoshlarini qutlab, uning faoliyatiga omad tiladilar.
Assotsiatsiyani tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatimiz OTMlari talabalarini qiziqish va ehtiyojlariga qarab, jamoatchilik boshqaruvi asosida birlashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yuksak maʼrifatli, bilimdon mutaxassislar boʻlib yetishishlari yoʻlida qoʻllab-quvvatlashdan iboratligi taʼkidlandi.
Forumda Oʻzbekiston talabalar Assotsiatsiyasini tashkil etish masalasi onlayn soʻrovnoma orqali ovozga qoʻyildi. Unda ishtirok etganlarning deyarli barchasi Samarqand davlat universiteti huzurida Oʻzbekiston Talabalar Assotsiatsiyasini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring